cover
JavaScriptInterviewFunction

JavaScriptda First class function

Summary
Salom do’stlar. Bugungi po’stimizni yana bir javascripda muhim vazifalarni bajaruvchi First Class Function haqida batafsil to’xtalib o’tamiz!.
Category
JavaScript
Interview
Function
Cover
https://utfs.io/f/382dfc46-f3b2-47c6-b2b7-1dbb2137f3e7-mec7yi.png
Slug
javascript-first-class-function
Date
author
Published
Published
Ozmi ko’pmi hamma funksiya nimaligi haqida biladi va funksiya
orqali juda ko’p ish qilish mumkin!.
Oddiy funksiya:
function sayHello(){ console.log("Hello") } sayHello() // Hello
Xo’sh First class function uzi nima?
Qisqacha qilib aytganda funksiyani biror o’zgaruvchiga qiymat sifatida berishimiz, funksiyani boshqa funksiyaga argument qilishimiz, yoki ixtiyoriy block ichidan return qilib qo’yishimiz aynan First class function ga misol boladi.
 
Misollar orqali yaxshilab tushinib olamiz!.
  1. O'zgaruvchiga saqlash: Funksiyalarni o'zgaruvchiga saqlab qo'yish mumkin.
    1. let funk = function() { return "Salom!"; };
  1. Natija sifatida qaytarish: Funksiyalarni boshqa funksiyalardan natija sifatida qaytarish mumkin.
    1. function qaytaruvchiFunk() { return function() { return "Qaytgan funksiya!"; }; } let yangiFunk = qaytaruvchiFunk(); console.log(yangiFunk());
      Kodmizda qaytaruvchiFunk ichida yana bir funksiyani return qilinayapdi va yangiFunk nomili o’zgaruvchiga qaytaruvchiFunk() bilan chaqirdik. E’tibor beramiz () funksiyani chaqirish uchun ishlatiladi, so’ngi qator console.log da argument sifatida return bo’lib qaytgan funksiyani yangiFunk() nomli o’zgaruchi bilan qayta chaqirib qo’ydik.
      Ushbu kodda ikkinchi bor qayta chaqirishni o’zgaruchiga bermasdan shunchaki qaytaruvchiFunk()() double qavslar bilan ham amalga oshirsak bo’ladi.
  1. Argument sifatida uzatish: Funksiyalarni boshqa funksiyalarga argument sifatida uzatish mumkin.
    1. function sayHello() { return "Hello "; } function greet(hiFunc, name){ console.log(hiFunc() + name); } greet(sayHello, "Ali");
      Kodaga e’tibor beradigan bo’lsak dastlab sayHello() funksiyasi Hello so’zini return qilayapdi.
      greet() funksiyasi esa birnchi argument uchun hiFunc nomli funsiya va ikkinchi argument uchun name nomli stiring qabul qilayapdi.
      Diqqat qilamiz!. So’ngi qatorda greet() funksiyani birnchi argumentiga sayHello() funksiyasini argument sifatida berdik aynan shu holatga First class function hodisasi yuz berdi, ikkinchi argumentga string berildi.
      💡
      Ushbu () qavslar bilan ishlashda e’tiborli bo’lamiz. greet(sayHello(), "Ali"); qavslar bilan funksiyani chaqirib qo’ysak return bo’lib qaytgan ichki funksiya chaqirilmay xatolik yuz beradi!.
First class function nima ekanligini ham bilib oldik. 😎
 
Maqola foydali bo’ldi degan umiddaman!. E’tiboringiz uchun raxmat.
Orqaga

O'xshash Maqolalar

Anvarbek Dev © 2024 Barcha huquqlar himoyalangan.